AsosiyJamiyat

Oqoltin tumani va Yangier shahridagi ko`p qavatli uylarning qurilishida qariyb 3 mlrd so`m budjet mablag`i talon-taroj qilingani ma`lum bo`ldi

'Oqoltin tumani va Yangier shahridagi ko`p qavatli uylarning qurilishida qariyb 3 mlrd so`m budjet mablag`i talon-taroj qilingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Oqoltin tumanida ko`p qavatli uylarning qurilishida 1,5 mlrd so`m byudjet mablag`lari talon-toroj qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Departamentning Oqoltin tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.S.” MChJ mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirib, Oqoltin tumani “Ko`rkam diyor” massivida 1 ta ko`p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 949 mln so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlarini qo`shib yozish orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilgan.

Shu kabi, “Y.N” MChJ tomonidan massivdagi 1 ta ko`p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 586 mln so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlarini qo`shib yozish orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Xuddi shuningdek, Yangier shahrida ko`p qavatli uylarning qurilishidagi talon-torojliklar fosh etildi.

Ma`lum bo`lishicha, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali va “S.M.” MChJ mansabdor shaxslari o`zaro til biriktirib, Xovos tumani “Xovos markazi” massivida 1 ta ko`p qavatli uy-joyning qurilganligi haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 947 mln so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlarini qo`shib yozish orqali byudjet mablag`lari talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Sirdaryo viloyati filiali mansabdor shaxslari va jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar