Fransiyadagi koronavirusga qarshi kurash bo`yicha ilmiy qo`mitaning taxmin qilishicha, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to`lqini kuz yoki qish faslida yuzaga kelishining ehtimoli yuqori. Fransiyada o`tgan ikki hafta davomida koronavirusga chalinish bo`yicha yangi holatlar sezilarli darajada ko`paygan.
“Hozirda Fransiyadagi epidimiologik vaziyat nazorat ostida. Lekin, shu yozda kasallanish hollari ko`payish ehtimoli mavjud. Ushbu pandemiyaning yaqin kelakakda qanchalik tarqalishi asosan odamlarning o`zlariga bog`liq. Biz kuz yoki qishda koronavirusning ikkinchi to`lqinini boshimizdan o`tkazishimiz mumkin” deb yozgan koronaivrusga qarshi kurash bo`yicha ilmiy qo`mita Sog`liqni saqlash vazirligining veb-sahifasida.
Fransiya Evropadagi koronavirus keng tarqalgan mamlakatlardan biri bo`lib, hozirgacha bu erda 192 334 kishi COVID-19 ga chalingan. Bemorlarning 82 166 nafari tuzalgan va 30 296 nafari vafot etgan. Ayni paytda 79 872 kishi davolanmoqda.






