"Yugur-yugur" telegram kanali asoschisi, bloger noto`g`ri muolaja oqibatida koronavirus pnevmoniyasining og`ir shaklini o`tkazgani haqida so`zlab berdi:
"Do`stlar, hayotimning so`nggi ikki haftasi mushkul dard bilan kurashda kechdi. Men bu haqida batafsil tavsifli, katta bir post yozishni ham boshlagandim, lekin ko`pchilikni ogohlantirish, hayotlarni saqlab qolish mumkinligi sababli boshimdan o`tkazganlarimni oraliq postda yozishga qaror qildim. Chunki har daqiqa, insonlar umri g`animat!
Dastlabki bosqichda o`pka zararlanishining 20%gacha etganini bilganimizda, ilk kunlardanoq yurtimizning etakchi pulmonologlari tavsiyalariga ko`ra muolajani boshladik.
Omadim kulgan ekan, ayolim va ikkinchi onam — vrach, shu sababli biz eng mushkul chaqiriqlarga ham tayyor edik. Mening jismoniy holatim — triatlon va yugurish bilan muntazam shug`ullanishim kasallikni engil shaklda o`tkazishga yordam berishiga chindan amin edim.
Ammo, keyin aniq bo`lishicha, ko`plab vrach va mutaxassislar kasallik rivojlanish mexanizmini hisobga olmay, koronavirusni noto`g`ri davolashga urinishar ekan. Sog`liqni saqlash vazirligida bor ma`lumotlarga qaramasdan, koronavirus pnevmoniyasini davolash o`rniga, ular bakterial pnevmoniyani davolashar ekan! Mening muolajam kapelnisa va ko`p miqdordagi antibiotiklardan iborat edi. Va bunday davolash usuli meni yana ham boshi berk ko`cha tomonga etaklay boshladi — bunday muolajaning 5-kuniga kelib, o`pka shishishi va zararlanishi 70%ga etdi!!!
Faqatgina, kapelnisa va antibiotiklarni bekor qilgan Immunologiya institutining etakchi immunolog mutaxassisi jarayonga favqulodda qo`shilishi va tuzatishlari sharofati bilan mening holatim bir maromga keldi. Doimiy qon analizlariga (SRB, D-dimer, LDG, interleykin, OAK, ferritin) asoslanib, kasallik kechishini o`zgartirish va davolanishga muvaffaq bo`ldik. Hozir holatim ancha yaxshi.
Eng muhim jihatga e`tiboringizni qaratmoqchiman — koronavirus pnevmoniyasini davolash oddiy pnevmoniyani davolashdan tubdan farq qiladi, kapelnisa qo`ymang! Antibiotiklar esa faqat yo`riqnoma bilan qabul qilinishi kerak!
Menga yordam bergan vrach va uning hamkasblari Aziza Shabatovna Xo`jaeva, Dildora Sekler, Abdusalom Abdurahmonov - bu insonlar o`zlarining ilmiy mustahkamlangan malakasi bilan hozir misli ko`rilmagan ishlarni bajarmoqdalar. Ular nafaqat vrach va hamkasblarining bilimini oshirish bilan, balki koronavirusni to`g`ri davolash bo`yicha yurtdoshlarimizga ham ziyo ulashmoqdalar.
Kasal bo`lmang va yaqinlaringizni asrang!"






