1

Qurbonlar soni 100 nafardan oshdi. Bayrutdagi portlash sababi ma`lum bo`ldi

Dunyo 05.08.2020, 15:21
Qurbonlar soni 100 nafardan oshdi. Bayrutdagi portlash sababi ma`lum bo`ldi

Avval xabar qilinganidek, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda kuchli portlash sodir bo`ldi.

Portlash oqibatida 100dan oshiq kishi halok bo`lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, shahardagi bir necha kvartal butunlay vayron bo`lgan. Hukumat bergan bayonotga ko`ra, shaharning port hududida saqlangan nitrat ammoniyning (ammiak selitrasi) katta partiyasi portlagan, bu moddalar ko`p vaqtdan buyon tegishli xavfsizlik choralari ko`rilmagan holda saqlangan.

Bayrut portida ammiakli selitra portlagan. Bu haqda Livan ichki ishlar vaziri Muhammad Fahmiyga tayanib, Al Hadath telekanali xabar bergan. Bu haqda "kun.uz" yozmoqda.

Shu bilan birga, Al Mayadeen telekanali kuch ishlatish tizimidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, "to`qqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta ishlash yoki yo`q qilish uchun portdagi omborda saqlangan portlovchi moddalar portlagan".

"To`rt oy avval portda bunday yukni saqlash juda xavfli ekanligi to`g`risida hisobot tayyorlangandi", - degan telekanal manbasi.

Ayrim ma`lumotlarga ko`ra esa, omborda qisqa tutashuv oqibatida yong`in chiqqan, natijada selitra portlagan.

Ayni paytda Livan poytaxtidagi shifoxonalar jarohatlanganlar bilan to`lib ketganligi xabar qilinmoqda. Bir soat ichida bitta hospitalga 300dan ortiq kishi olib kelingan.

Mahalliy nashrlarning ma`lumotlariga ko`ra, qurbonlar soni o`sishi mumkin, vayronalar ostida qolib ketgan odamlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyida bo`lib turgan BBC muxbiri Bayrut porti jiddiy shikastlangani, yaqin orada uning faoliyati tiklanmasligi haqida xabar bergan. Bu amalda barcha zarur mahsulotlarni import qiluvchi mamlakat uchun jiddiy zarba bo`ladi.

«Atrofda joylashgan barcha binolar vayron bo`lgan. Men oyna siniqlari ustidan va tutunlar orasida yurib bordim», degan guvohlardan biri «Frans press» agentligiga.

Mavzuga doir:

Bayrutdagi portlashda Rossiya va Qozog`iston elchixonalari zarar ko`rdi (video)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1