1

BAAdagi bozorda juda katta yong`in yuz berdi (video)

Dunyo 05.08.2020, 22:15
BAAdagi bozorda juda katta yong`in yuz berdi (video)

Bugun, 5 avgust kuni Birlashgan Arab Amirliklari tarkibidagi Ajman amirligida meva va sabzavot bozorida yirik yong`in yuz berdi. Bu haqda “Khaleej Times” xabar berdi, deya yozmoqda Qalampir nashri.

Yong`in yangi sanoat zonasida chiqqani aytilmoqda. Bir qancha o`t o`chirish mashinasi hodisa joyiga etib borgan.

Shuningdek, yong`inning dastlabki o`chog`i eron bozorida bo`lishi ham mumkin. Bozor meva va sabzavot bozoriga hamda sanoat zonasiga yaqin joylashgan.

Ajman fuqaro muhofazasi xizmati avtomobillarni boshqa yo`llardan yurishga chaqirgan.

“Ajman o`t o`chiruvchilari hodisa joyini o`rab olishgan va suv ham ko`pikdan foydalanib, alangani o`chirishga harakat qilyapti”, deyiladi xabarda.

Bozorga yaqin shifoxona evakuasiya qilingan. Hozircha jabrlangan va halok bo`lganlar haqida ma`lumot berilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1