AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi tibbiyot xizmati xodimlari faoliyati bo`yicha minnatdorchilik maktubi keldi

'Ichki ishlar vazirligi tibbiyot xizmati xodimlari faoliyati bo`yicha minnatdorchilik maktubi keldi'ning rasmi

IIV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, maktubda jumladan shunday deyiladi;
Sizga ushbu orqali ma`lum qilamanki men Ichki ishlar idoralari tizimida 32 yil davomida turli lavozimlarda xizmat qilib 2010 yil nafaqaga chiqganman. Shu yil iyul oyida xaroratim ko`tarilib qattiq betob bo`lib qoldim va shu kuni IIBB tibbiyot bo`limiga telefon qilib uyga shifokor chaqirtirdik. Shunda Chorieva Feruza ismli shifokor kelib, ko`rib to`liq tekshirib, qanday muolaja qilish kerakligini turmush o`rtog`imga yozib-tushuntirib ketdi. Kasallik 15 kun juda og`ir kechdi. Bu shifokor xar kuni 3-4 mahal telefon qilib holimdan habar olib ayolimga qo`shimcha maslahatlarni berib nazorat qilib turdi. Men butun hayotim davomida bunday jonkuyar, mehribon, mas`uliyatli, tajribali shifokorni ko`rmaganman. Shunday vaziyatlar bo`ldiki tunda soat 12-1 larda ham ayolim telefon qilib maslahat so`raganida hech og`rinmay hamma maslahatlarni tushuntirib berib yana o`zi erta tongdan xabar olardi.

Xozirgi pandemiya vaqtida butun dunyoda kasallik bilan kurashayotgan vaqtda bunday shifokorlar 1000 dan 1 ta uchraydi.

Mana xudoga shukr hamma kasallik ortda qoldi. Meni sog`ayishimda bu mehribon jonkuyar shifokor Chorieva Feruzani Allohni o`zi menga yubordi. Shu sababli men o`zim va oilam nomidan Chorieva Feruzaga chuqur minnatdorchiligimizni bildirib, muhtaram Vazir janoblaridan shu shifokorni IIBB tibbiyot xodimlari orasida o`rnak qilib ko`rsatib, shunaqa tibbiyot xodimlari ko`payishini so`rab o`z vakolatingiz doirasida rag`batlantirishingizni so`rab qolamiz.

Bunday og`ir vaqtlarda xalq sog`lig`ini o`zining sog`lig`idan ustun qo`yib xizmat olib borayotgan Chorieva Feruza va shu kabi shifokorlarimizni Allohning o`zi asrasin. Bunday shifokorlarni oldida bosh egamiz.
Bizning minnatdorchiligimizni etkazganligingizni yozma ravishda xabar berishingizni so`rayman. 

Hurmat ehtirom bilan Alimovlar oilasi.

    Boshqa yangiliklar