AsosiyJamiyat

SSV fuqarolardan har qanday alomat sezgandayoq murojaat qilishlarini so`rab, manzillarni e`lon qildi

'SSV fuqarolardan har qanday alomat sezgandayoq murojaat qilishlarini so`rab, manzillarni e`lon qildi'ning rasmi

Poytaxtimizda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi  tomonidan 4 ta saralash va taqsimlash markazlari tashkil qilingan.

Ular:  

✅814 o`rinli “O`zekspomarkaz” 1-2 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 107-uy);

📍Google Xarita bo`yicha aniq manzil (https://goo.gl/maps/SUjn4AWMg9SimeETA)

✅1 000 o`rinli “O`zekspomarkaz” 3-4 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko`chasi, 107-uy);  

📍Google Xarita bo`yicha aniq manzil (https://goo.gl/maps/SUjn4AWMg9SimeETA)

 

✅750 o`rinli “Universal” sport majmuasi (Yunusobod tumani, Korxojiota ko`chasi, 2A-uy);

📍Google Xarita bo`yicha aniq manzil (https://goo.gl/maps/xzCJRK3bcHSMM3938)

 

✅520 o`rinli “Yoshlik” sport majmuasi (Shayxontohur tumani, Paxtakor ko`chasi, mo`ljal: “Paxtakor” metro bekati).

📍Google Xarita bo`yicha aniq manzil (https://goo.gl/maps/VAunbpXha2pMJQ6d6)

Bu erda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga sifatli yordam ko`rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O`zida “COVID-19” alomatlarini sezgan yoki bu kasallikka chalingan fuqarolar ushbu maskanlarga uch yo`l bilan, ya`ni :  

➖tez tibbiy yordam mashinasida;

➖oilaviy poliklinika qoshidagi mobil brigada yordamida;

➖o`zlari borishlari mumkin bo`ladi.

Ushbu markazlarga murojaat qilgan har bir bemorga shifokorlarimiz tomonidan malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Bordi-yu, kasallik engil, alomatlarsiz kechayotgan bo`lsa, bunday bemorlarga kerakli dori vositalari va tavsiyalar berilib, ular uyda davolashga o`tkazilmoqda.

Saralash va taqsimlash markazlarida jami 3 084 ta o`rin tashkil qilingan. Ushbu markazlar o`z faoliyatini boshlanganidan buyon 3 777 nafar bemor murojaat qilgan bo`lib, shundan 2 688 nafari yotqizilgan, 1 336 nafari esa sog`ayib, uylariga yuborilgan.

Hozirda “COVID-19” bilan kasallangan bemorlarni saralash va taqsimlash markazlarida 1 843 ta bo`sh o`rin mavjud.

Ushbu markazlarga joylashish bilan bog`liq savollaringiz bo`lsa, Sog`liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi SSV xabarida.

    Boshqa yangiliklar