Shu yil 4 avgust kuni soat 16:30 larda Namangan shahrida yashovchi 1959-yilda tug`ilgan fuqaro yashash uyi oldida qo`shnisi 1986 yilda tug`ilgan fuqaro bilan “Molxonangni hididan yashash xonadonimda o`tirib bo`lmayapti”-deb, o`zaro janjallashib, qo`shnisini yonida bo`lgan “Chalabzar” pichog`i bilan chap ko`krak sohasiga bir marotaba urgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, natijada jabrlanuvchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB TB tomonidan O`z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Aziz hamyurtlar, ushbu yuqoridagi sabab necha yillik qadrdon qo`shnilarning dushmanga aylanishiga va hatto pichoqbozlikka borishigacha arziydimi? Albatta yo`q. Mamlakatimizda ko`rinmas yov bilan barcha birlashib kurashayotgan bir vaqtda bir-birimizga mehr oqibatli bo`lib, tirgak va suyanch bo`lmog`imiz lozim. Bu kabi muammolarni o`zaro kelishib hal qilish ham mumkin. Agar kelishuvni iloji bo`lmasa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilish lozim. Bir lahzalik jaxlga erk berishning oqibatida afsuski bir qo`shni og`ir jarohat oldi, ikinchisi esa jinoyatchiga aylandi. Xulosa o`zingizdan.






