AsosiyJamiyat

Poytaxt va Toshkent viloyatidan 276 kishida koronavirus aniqlandi

'Poytaxt va Toshkent viloyatidan 276 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 6 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 069 (+276) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent shahrida, 129 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 18 783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 113 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 799 nafari og`ir, 228 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar