1

Nurafshonlik bemorga qo`pol muomala qilgan shifokorga xayfsan berildi

Jamiyat 06.08.2020, 17:01
Nurafshonlik bemorga qo`pol muomala qilgan shifokorga  xayfsan berildi

Joriy yilning 27 iyun kuni Toshkent viloyati To`ytepa mahallasida yashovchi  iste`molchi D.H. qattiq tish og`rig`idan xavotirga tushib, Nurafshon shahridagi “DAMIR STOMA SERVIS” MChJ xususiy klinikasiga boradi.

Suhbatning boshida shifokorga 2-guruh nogironligi va qandli diabet kasalligi borligini bildiradi. Ammo shifokor bemor bilan qo`pol muomala qila boshlaydi. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi ma`lum qildi. 

Rentgen tekshiruv natijalari tayyor bo`lgach shifokor uni gigiena qoidalariga rioya qilmaganlikda ayblab, bemorni qo`pol muomala bilan davolaydi. Oxir-oqibat, bemor 260 ming so`mlik berilgan chekka to`lovni amalga oshiradi, ammo o`ziga qilingan bunday munosabatni sira qabul qila olmaydi.

D.H. shifokorning bunday xatti-harakatiga  tegishli chora ko`rilishi kerak deb hisobladi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga o`z murojaatini qoldirdi.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yo`naltirilgan mazkur murojaat Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi va Sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tomonidan o`rganib chiqildi.

“DAMIR STOMA SERVIS” MChJ xususiy klinikasi stomatolog shifokori haqiqatan ham mijozga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lganligi tasdiqlandi va unga muassasaning 16.07.2020 yildagi № 06 sonli buyrug`iga binoan xayfsan e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.(40-modda.)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1