1

Toshkentda nochor qolgan farg`onalik ayol o`zini elektr ustunidan tashlamoqchi bo`ldi

Jamiyat 06.08.2020, 20:27
Toshkentda nochor qolgan farg`onalik ayol o`zini elektr ustunidan tashlamoqchi bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkentdagi yuqori voltli elektr uzatish tarmog`i ustunidan o`zini tashlamoqchi bo`lgan ayol haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati qayd etishicha, videoda aks etgan voqea 6 avgust kuni Olmazor tumanidagi Kichik halqa yo`li ko`chasida yuz bergan. Ayol yuqori voltli elektr uzatish tarmog`i ustuniga chiqib olgan va atrofdagilarga o`zini tepadan tashlab, o`z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan. Buni tumanda xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari va patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari ko`rib qolgan. IIBB xodimlari ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgan va ayol Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga etkazilgan.

Aniqlanishicha, o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan ayol Farg`ona viloyatidan bo`lgan 36 yoshli D.U. bo`lib,  poytaxtning Olmazor tumanida vaqtinchalik yashab kelgan. O`z xatti-harakatining sababi so`ralganda ayol ishsiz qolib, nochor ahvolda ekanligini ma`lum qilgan.

Olmazor tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 2-sektor boshlig`i ayolni tinglab, unga yarimfabrikat mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaga ishga joylashishda yordam bergan. Shuningdek, ayolga 2 million so`m miqdorida moddiy yordam berilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda ayol bilan psixolog ish olib bormoqda.

«Agar siz ishga joylashish bilan bog`liq muammolarga duch kelgan bo`lsangiz, vakolatli idoralarga murojaat qilishingizni so`raymiz. Pandemiya sababli yuzaga kelgan hozirgi qiyin sharoitda ham mehnat bozorida ko`plab bo`sh o`rinlari mavjud», — deyiladi xabarda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1