1

Oliy ta`limda yangi o`quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Jamiyat 06.08.2020, 22:12
Oliy ta`limda yangi o`quv yili masofaviy tarzda boshlanadi

Sentyabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o`qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy ta`lim kengashi raisi O`ktam Umurzoqov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda O`zA.

— Yangi o`quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo`lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o`tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi, xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o`tish tizimining o`rnini bosa olmaydi. Hozircha sentyabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o`qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktyabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an`anaviy tizimga yana qaytarmiz, - dedi O`ktam Umurzoqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1