Prezident test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlaridagi stadionlarda o`tkazish topshirig`ini berdi

Jamiyat 06.08.2020, 22:31
Prezident test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlaridagi stadionlarda o`tkazish topshirig`ini berdi

Oliy ta`lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazildi.

So`nggi yillarda oliy ta`lim tizimidagi o`zgarishlar natijasida yoshlar va ularning ota-onalarida o`qishga ishonch ortdi. Hujjat topshirish to`liq masofaviy shaklda amalga oshirilgani aholiga katta qulaylik yaratmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364, magistraturaga 10 425 o`rin ajratilgan.

Bu yil 91 ta OTMga bakalavriat yo`nalishi bo`yicha 1 million 484 ming nafar abiturient hujjat topshirgan bo`lib, bu o`tgan yilgiga nisbatan 39 foiz ko`p. Bitta o`ringa 10,6 ta talabgor to`g`ri kelmoqda.

Magistratura yo`nalishida 72 ta ta`lim dargohiga 78 ming 720 nafar yoki o`tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko`p hujjat topshirilgan. Umuman, qabul kvotalari 2016 yilgiga nisbatan 3 marotaba ortgan.

Bugungi kunda o`qishga qabul qilish testlari qachon, qaerda va qanday tartibda o`tkazilishi hamda 2020/2021 o`quv yilida ta`lim jarayoni qanday tashkil etilishi barchani o`ylantirmoqda. Bunga sabab, tabiiyki, turmush tarzimizni o`zgartirib yuborgan koronavirus pandemiyasi.

Shu bois Prezident Shavkat Mirziyoev bugun taqdimot chog`ida ushbu omilni hisobga olgan holda kun tartibidagi masalalar yuzasidan qator vazifalarni belgilab berdi.Prezident test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda o`tkazish topshirig`ini berdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1