1

SSV Toshkent shahar perinatal markazidagi tushunmovchilik bo`yicha rasmiy bayonot berdi

Jamiyat 06.08.2020, 23:00
SSV Toshkent shahar perinatal markazidagi tushunmovchilik bo`yicha rasmiy bayonot berdi

Koronavirusga chalingan homilador ayollar bilan ishlash bo`yicha uch kunlik o`quv mashg`ulotlari o`tkazishga kelishib olindi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar perinatal markazining bir guruh xodimlarining videomurojaati tarqaldi. Unda aytilishicha, mazkur  tug`uruq majmuasi “SOVID-19” bilan kasallangan homilador ayollarni qabul qilish uchun moslashtirilgandan so`ng  ayrim xodimlar orasida tushunmovchilik kelib chiqqan.

SSV mutaxassislari  vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar perinatal markazida bo`lishdi. Vazirlik axborot xizmati ma`lum qilishicha:

Xodimlar bilan muloqot davomida ma`lum bo`lishicha, mavjud vaziyat haqida etarlicha tushuntirishlar berilmagani natijasida ular orasida qator savollar  paydo bo`lgan.

Aslida murojaatda aytilganidek, xodimlar ishsiz va oyliksiz qoldirilmagan. Koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolash uchun moslashtirilgan 200 nafar bemorni qabul qilish quvvatiga ega ushbu  shifoxonada hozirda 27 nafar homilador koronavirusdan davolanmoqda. Shuning uchun markaz xodimlarining bir guruhi  14 kunlik navbatchilikda bo`lib, qolgan xodimlar esa yaxlit grafik asosida keyingi 14 kunlik navbatchilik uchun safarbar qilinadi. Ammo ayni paytda navbatchilikda bo`lmagan xodimlarga ham belgilangan tartibda oylik maoshlari to`lab beriladi. Bugun ular bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda xodimlarning mehnat qonunchiligiga asoslangan ana shunday  huquqlari haqida tushuntirishlar berildi.  

Shuningdek, yuqorida tilga olingan murojaatda homilador ayollarni qabul qiluvchi shifoxonalar etishmayotgani haqidagi fikrlarga javoban quyidagilarni ma`lum qilamiz. Toshkent shahrida 12 ta tug`ruq muassasasi mavjud bo`lib, ayni vaqtda  shahar 3- va 7-son tug`ruq komplekslari va  Toshkent shahar perinatal markazi koronavirusga chalingan homiladorlarni  qabul qilmoqda. Ushbu tug`ruq komplekslariga biriktirilgan homilador va tug`uvchi ayollar esa poytaxtimizdagi qolgan 9 ta tug`uruq kompleksiga va Respublika perinatal markaziga dislokasiya asosida  taqsimlangan.

Murojaatchilar bilan o`tkazilgan muloqot yakunida ularga koronavirusga chalingan homilador ayollar bilan ishlash bo`yicha uch kunlik o`quv mashg`ulotlari o`tkazishga kelishib olindi. Buning natijasida tibbiyot xodimlari keyingi 14 kunlik navbatda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun tayyorgarlik o`taydilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1