1

Rossiya-Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklarni olib kelish jarayoni boshlandi

Jamiyat 07.08.2020, 07:45
Rossiya-Qozog`iston chegarasida qolib ketgan o`zbekistonliklarni olib kelish jarayoni boshlandi

Kecha, 6 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog`iston davlat chegarasidan o`tkazish masalasi bo`yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan,  O`zbekiston fuqarolarini yo`lovchi poezdlari orqali olib kelish jarayoni boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Toshken – Buzuluk – Toshkent yo`nalishidagi poezd 918 nafar yo`lovchi bilan bugun tunda O`zbekiston tomon yo`lga chiqadi. Toshkent – Kinel – Toshkent yo`nalishidagi poezd esa 7 avgust kuni 918 nafar yo`lovchilar bilan tushdan so`ng Vatanimiz tomon harakatlanishni boshlaydi. Ushbu reys chiptalari faqat O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Buzuluk va Kinel vokzallarida sotildi. Buzuluk - Toshkent yo`nalishidagi chiptalar narxi 1 287 000 so`m (9. 259 rubl), Kinel - Toshkent – 1 357 000 so`m (9. 761 rubl)ni tashkil topdi. Yo`l davomida yo`lovchi poezdlar faqat texnik ko`rik uchun to`xtatiladi, ya`ni stansiya-vokzallarda yo`lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Poezdlar O`zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida olib kelinadi.

DIQQAT! Ushbu reyslarda olib kelingan yo`lovchilar poezdlardan tushishi bilanoq Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi. Aynan shu jihatni inobatga olgan holda yo`lovchilarning qarindosh va yaqinlari ularni kutib olish maqsadida vokzalga tashrif buyurmasliklarini so`rab qolamiz.  

Eslatib o`tamiz, ko`rilayotgan karantin choralari sababli, MDHning qator davlatlarida mamlakatga kirish-chiqishga cheklovlar O`zbekistonda ham joriy etilgan va ular O`zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan bekor qilinmagunicha amaldagi kuchga ega.

Shu o`rinda, ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida mazkur yo`nalishda tashkil etilgan poezdlarga chiptalar turli xil korupsion sxemalar orqali sotilish holatlari kuzatilayotgani to`g`risida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Transport vazirligi yo`lovchilardan bordi-yu, chiptalarni harid qilish vaqtida noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi bilan bog`liq vaziyatlarga duch kelgan taqdirda vazirlikning 1167 qisqa raqamli ishonch telefoniga, shuningdek, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ (71) 299-94-50  ishonch telefoniga murojaat etishlarini so`rab qolamiz, deyiladi xabarda. 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1