AsosiyJamiyat

Shahrixonda fuqaroga berilgan xonadon tumani hokimligi tomonidan tortib olindimi? Vaziyatga aniqlik kiritildi

'Shahrixonda fuqaroga berilgan xonadon tumani hokimligi tomonidan tortib olindimi? Vaziyatga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Shahrixon tumani Yangi hayot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Nodirbek Xojimatov ijtimoiy tarmoqda unga ko`p qavatli uydan berilgan xonadonni tuman hokimligi tomonidan qaytarib olingani haqida murojaat bilan chiqdi. 

Ayni paytda fuqaro murojaati o`rganilib, tuman hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.

"N.Xojimatov oilasi bilan alohida yashashi uchun uy-joy bilan ta`minlash, buning uchun Buvayda MFY hududida qurilayotgan ko`p qavatli uylardan olish bo`yicha tuman hokimi H.Dadaxonovga murojaat qilgan. Bu masala bo`yicha tuman hokimi, mazkur yangi uylarni qurayotgan “Istiqlol Hause 2020” MChJ rahbari va N.Xojimatov ishtirokida unga mazkur uylardan ajratilishi bo`yicha og`zaki kelishuv bo`lgan.  

Bu uylar bitgunga qadar N.Xojimatov oilasiga Taraqqiyot MFY hududida qurilgan 117-ko`p qavatli uyning fuqaro F.Rahimovaga tegishli 24-xonadoni uning otasi roziligi bilan vaqtincha yashash uchun ijara asosida tuman uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish bo`limi boshlig`i N.Yuldasheva, Taraqqiyot MFY raisi xabardorligida berilgan va uy kaliti topshirilgan. Bir necha kundan keyin N.Xojimatov uy egasining ishonchnomasini talab qilgan. Bu davrda xonadon sohibasi boshqa hududda bo`lgani tufayli otasi keyinchalik yozib berishini bildirgan. Biroq, uy N.Xojimatovga vaqtincha yashab turishi uchun berilganiga  qaramay, 2 oy davomida bu erda umuman yashamagan. Shundan so`ng mulkdor o`z uyi kalitini qaytarib olgan.  

Shundan so`ng N.Xojimatovga ijara asosida yashab turishi, ijara haqi homiylik asosida to`lanishi kafolatlangan boshqa uylar taklif etilganda, u bunga rozilik bildirmagan.  

N.Xojimatovning tuman hokimiga nisbatan  asossiz, tuhmatona  fikrlar bildirgani tufayli ayni paytda unga nisbatan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.

    Boshqa yangiliklar