1

Toshloq tumanida adliya xodimi jinoyatga qo`l urdi

Jamiyat 07.08.2020, 11:33
Toshloq tumanida adliya xodimi jinoyatga qo`l urdi

Toshloq tumanida tadbirkorning 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan adliya xodimining firibgarligi fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.A” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ning murojaatiga ko`ra, Toshloq tuman Adliya bo`limi etakchi maslahatchisi A.A. tumanda bo`sh er maydonini ushbu korxonaga ajratilishi to`g`risidagi tuman hokimining qarori bo`yicha Toshloq tuman Ma`muriy sudida ko`rilayotgan ishni sudda ishlovchi tanishlari orqali gaplashib, qarorni o`z kuchida qoldirish va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, A.A. tomonidan Toshloq tumani So`kchilik MFYda yashovchi fuqaro B.B.dan tanishlari orqali mazkur mahalladagi masjid faoliyatini yuritishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 mln so`m olganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan A.A. fuqarolardan pullarni olganligini ma`lum qilib, o`z ixtiyori bilan “M.A.” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ga etkazilgan zarar uchun 500 ming so`m va 100 AQSh dollarini hamda fuqaro B.B.ga etkazilgan zarar uchun 28 mln so`m va 1000 AQSh dollarini o`z ixtiyori bilan taqdim etganligi prosessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1