1

Ayni paytda koronavirusdan 2 kishi vafot etdi. Sog`ayganlar esa 20 mingdan oshdi

Jamiyat 07.08.2020, 17:06
Ayni paytda koronavirusdan 2 kishi vafot etdi. Sog`ayganlar esa 20 mingdan oshdi

SSV matbuot kotibining ma`lum qilishicha,  2020 yil 7 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 057 (+248) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) hamda Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 286 nafar, Toshkent viloyatida 164 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar, jami 472 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 20 059 (+472) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 817 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sog`liqni saqlash vazirligi  

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

 

Vazirlik rasmiy kanali — @ssvuz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1