Turli asosli sabablar tufayli test sinovlarida qatnasha olmagan abiturientlar uchun test sinovlari tugagach, 4 kundan keyin ular uchun qayta imtihonlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat test markazi direktori o`rinbosari Sardor Rajabov ma`lum qildi.
Qo`shimcha qilishlaricha, abiturient test sinovlariga kelgan vaqtida isitmasi yuqori bo`lsa, shifokorlar tomonidan tegishli ravishda tekshiruv tashkil etiladi. Agar unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, test sinovlari tugagach tashkil etiladigan imtihonda qatnashish imkoniyati beriladi. Koronavirus aniqlangan abiturientlar esa bu yilgi test sinovlarini QO`YILMAYDI! Ushbu infeksiya bilan kasallangan abiturientlar imtihonda qatnashishi uchun koronavirusdan sog`ayganligi haqidagi ma`lumotnomani taqdim etishi lozim bo`ladi.
Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig`i Barno Rajabovning qo`shimcha qilishicha, koronavirusga chalingani tufayli test imtihonlarida ishtirok eta olmagan abiturientlarning imtihon uchun to`lagan pullarini qaytarish choralari ko`rilmoqda. Davlat qabul komissiyasi bayonnomasiga ushbu masala bo`yicha taklif kiritilgan.






