Koronavirus qayd etilganlar soni 168 nafarga etdi, toshkentlik va yangiyo`llik bemor vafot etdi

Jamiyat 08.08.2020, 00:07
Koronavirus qayd etilganlar soni 168 nafarga etdi, toshkentlik va yangiyo`llik bemor vafot etdi

SSV ma`lum qilishicha, 2020 yil 7 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 225 (+168) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli S.M. (ayol), Yangiyo`l tumanida yashagan 54 yoshli B.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 491 nafar, Toshkent viloyatida 169 nafar, Buxoro viloyatida 40 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar, Sirdaryo viloyatida 19 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 12 nafar hamda Xorazm viloyatida 8 nafar, jami 793 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 20 380 (+793) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 662 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1