1

Shamol, yomg`ir, momaqaldiroq... Dam olish kunlari ob-havo qaerda qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 08.08.2020, 06:30
Shamol, yomg`ir, momaqaldiroq... Dam olish kunlari ob-havo qaerda qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Bugun, respublikamiz hududida ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, tog`li va tog`oldi hududlarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin, deya dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini ma`lum qildi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.  Ko`pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayadi va kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja bo`ladi.

Bugun va ertaga respublika bo`yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog`li va tog`oldi hududlarda qisqa muddatli lokal (mahalliy) yomg`irlar yog`ishi ehtimoli saqlanib turadi. Mamlakatimizning tekislik hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja atrofida saqlanib turadi, bu oyning shu davri uchun xos bo`lgan iqlimiy me`yorlarga yaqindir.

Bugun hududlar kesimida havo harorati quyidagicha bo`ladi:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 36-38° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, respublika tog` oldi va tog` hududlarining ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1