1

Sirdaryolik uddaburonlar qalbaki 2500 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi

Jamiyat 08.08.2020, 09:33
Sirdaryolik uddaburonlar qalbaki 2500 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotayotganida qo`lga olindi

Sirdaryo tumanida qalbaki 2 500 AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prkuratura Matubot xizmati xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Sirdaryo tuman bo`limlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.A. va A.M.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.X.ga har bir AQSh dollarini  ming so`mdan hisoblab, qalbaki 2 300 AQSh dollarini 1600 AQSh dollariga sotishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, tadbir jarayonida fuqaro O.A.ning yonida sotish maqsadida saqlab kelayotgan qalbaki 200 AQSh dollari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.A. va A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1