13 avgust kuni Nyu-Yorkka qo`shimcha charter reys qo`yiladi

Jamiyat 08.08.2020, 14:14
13 avgust kuni Nyu-Yorkka qo`shimcha charter reys qo`yiladi

"Uzbekistan Airways" AJ 2020 yil 13 avgustda Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo`nalishi bo`yicha charter repatriasiya qatnovini quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirdi. Bu haqda aviakompaniya xabar qilmoqda. 

Unga ko`ra:

Toshkent - Nyu-York. Toshkentdan ketish vaqti - 06:45, Nyu-Yorkga qo`nish vaqti -11:00 (mahalliy vaqt ko`rsatilgan)

Nyu-York-Toshkent. Nyu-Yorkdan ketish vaqti - 13:00, Toshkentga qo`nish vaqti - 10:00 +1.

Toshkent - Nyu-York yo`nalishi bo`yicha charter qatnoviga aviachiptalarni "Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida 2020 yil 7 avgust kuni soat 9.30dan boshlab jonli navbat tartibida va yo`lovchining o`zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin:

▪️Xorijiy fuqarolar uchun - passport;

▪️O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos.

Nyu-York-Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviachiptalarni sotib olish uchun O`zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat etish lozim.

"Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo`yicha o`z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so`ramasligingizni so`raymiz.

Sizga chiptada ko`rsatilgan narxni "Uzbekistan Airvays" AJ filialining kassasida to`lagan pulingiz miqdori bilan solishtirishni tavsiya qilamiz", - deyiladi kompaniya xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1