1

O`zbekistonda Telegram’da firibgarlik sxemalari orqali foydalanuvchilarni aldash holatlari kuzatildi

Jamiyat 08.08.2020, 15:35
O`zbekistonda Telegram’da firibgarlik sxemalari orqali foydalanuvchilarni aldash holatlari kuzatildi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda turli telefon raqamlariga maxfiy kodlar vositasida axborotlarni o`g`irlash maqsadida firibgarlarning hujumlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

O`zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga mo`may pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo bo`ldi. Bu haqda ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari ma`lum qilgan.

Firibgarlik sxemasiga ko`ra foydalanuvchiga mobil aloqa operatorining rasmiy raqamidan qo`ng`iroq qilinib COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida o`ta sodda va javobi oson savollar beriladigan qisqa viktorina o`tkaziladi. G`olibga pul o`tkazib berish va`da qilinadi. “O`lja” yutug`ini olishi uchun Telegram’ga kelgan maxfiy kodni aytishi lozim. Messendjerga kelgan sirli raqam aytish, firibgarlarning akkauntga kirib olishiga sharoit yaratadi. Bloger yoki kanal administratorining akkauntiga kirib olgan firibgar u erdagi ma`lumotlarni oshkor qilmaslik uchun pul talab qila boshlaydi. Oqibatda o`zini viktorina g`olibi bo`ldim deb o`ylagan foydalanuvchi firibgarlik qurboniga aylanadi.
   
Mutaxassislar tavsiyasiga ko`ra bu kabi holatlarni oldini olish uchun Telegram’da ikki tomonlama autentifikasiyani o`rnatish zarur. Bu Telegram’dan kelgan maxfiy raqamdan tashqari akkaunt parolini ham kirishni so`raydigan himoya tizimi.  

Yuqoridagi holatlarga o`xshash firibgarlik sxemalari MDHga a`zo boshqa mamlakatlar hududlarida ham kuzatilmoqda.  

“O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Telegram foydalanuvchilaridan axborot xavfsizligi bo`yicha yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilishni, telefon orqali begona raqamdan qo`ng`iroqlar bo`lib shubhali viktorinalar o`tkazilish holatlari kuzatilganida, messendjer orqali maxfiy kodlar yuborilib, ularni aytish so`ralganida begonalarga ushbu ma`lumotni oshkor etmaslikni, firibgarlik sxemalaridan ogoh bo`lishni so`raydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1