AsosiyDunyo

Air India samolyoti yo`lovchisining sog`ligi yomonlashgani sabab shoshilinch qo`ndirildi

Nyu-Yorkdan Bombeyga uchayotgan samolyot Moskvaning Domodedovo aeroportiga shoshilinch qo`ndirildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. Samolyot uchuvchisi yo`lovchilardan birining sog`ligi yomonlashgani sabab shunday qarorga kelgan.

Air India aviakompaniyasining  Boeing-777 samolyoti komandiri favqulodda vaziyatlar agentligiga yo`lovchilaridan birining hushdan ketganini ma`lum qilgan. Samolyot qo`ngan paytda qo`lovchi komaga tushgan edi. U zudlik bilan shifoxonaga etkazilgan.

Parvoz vaqtida sog`lig`i yomonlashgan yo`lovchi 1981 yilda tug`ilgan Hindiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.

6 dekabr kuni shunga o`xshash holat “Pobeda” aviakompaniyasining samolyotida kuzatilgan edi. O`shanda bosh miya saratoniga chalingan 12 yoshli bola samolyot bortida vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar