1

Qozog`istonlik olimlar yaratgan vaksinasini o`zlarida sinab ko`rishdi

Dunyo 09.08.2020, 15:27
Qozog`istonlik olimlar yaratgan vaksinasini o`zlarida sinab ko`rishdi

Koronavirusga qarshi mahalliy vaksinani ishlab chiqqan qozog`istonlik mutaxassislar uni o`zlarida sinab ko`rdilar, deb xabar beradi TASS, Qozog`iston Ta`lim va fan vazirligi matbuot xizmatiga tayanib. 

Aniqlanishicha, dori vositasi Biologik xavfsizlik muammolari Ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Vaksinani ishlab chiqqan etti nafar mutaxassislar, virus bilan ishlashda xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`z ixtiyori bilan uni qabul qilganlar.

Hozirda mutaxassislar o`zlarini yaxshi his qilyapti va tadqiqotlarni davom ettiryaptilar.

Mazkur vaksinaning klinik sinovining birinchi fazasi sentyabrda Olmaota shahrida boshlanishi kutilyapti. Unda organizmida koronavirusga qarshi antijismlar bo`lmagan 18 yoshdan 50 yoshgacha 44 nafar ko`ngilli ishtirok etishi kutilyapti.

Yaqin o`tgan kunlarda Qozog`istonda 907 koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati aniqlangan. Bunday ma`lumotlarni COVID-19ni tarqatmaslik bo`yicha idoralararo komissiya axborotiga tayanib «Interfaks» keltiryapti.

Pandemiya boshlangan davrdan mamlakatda 97 829 ta kasallanish holati qayd etilgan bo`lib, ulardan 72 mingi sog`ayib chiqqan. Kasallikdan qurbon bo`lganlar esa shu kungacha 1 189 kishini tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1