1

Afg`onistonda 400 nafar Tolibon mahbuslari qamoqdan ozod qilinadi

Dunyo 09.08.2020, 21:06
Afg`onistonda 400 nafar Tolibon mahbuslari qamoqdan ozod qilinadi

Bugun Kobulda Afg`oniston xalq vakillari milliy majlisi (Loyi Jirg`a) 400 nafar mahbus — Tolibon a`zolarini ozod qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda manbalar asosida dv.com.

«Jirg`a tinchlik muzokaralari boshlanishi yo`lidagi to`siqliklarni bartaraf etish, qon to`kilishini to`xtatish va maqsadga muvofiqlikni ta`minlash uchun Tolibonning 400 nafar mahbus a`zosining ozod qilinishini ma`qullaydi», deya qaror matnidan iqtibos keltirgan “Tolo News” telekanali.

“Tolo News” manbalarining ta`kidlashicha, hujjatning yakuniy matni biroz tuzatishlar bilan yaqin orada e`lon qilinadi.

Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berishicha, Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani Loyi Jirg`a qatnashchilariga yakshanba kuni yakuniga qadar qamoqda saqlanayotgan 400 nafar mahbusni ozod qilish to`g`risidagi farmonni imzolashini aytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1