AsosiyJinoyat

Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dosenti pora olayotganda ushlandi

'Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dosenti pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dosenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga o`qishga kiritib qo`yishga va`da berib 8000 AQSh dollari talab qilgani, biroq hujjat topshirish muddati o`tganligini ma`lum qilib, Qirg`iziston Respublikasi Osh davlat universitetiga o`qishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

 Mazkur holat yuzasidan kafedra dosenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Jinoyat ishlari bo`yicha Yozyovon tuman sudi tomonidan ish atroflicha o`rganilib, dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarga Jinoyat Kodeksining bir necha moddalari bilan turli muddatlarga ozodlikni cheklash jazolari tayinlanib, noqonuniy ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirilgan va saqlanib kelingan qurilmalarni tegishli tartibda yo`q qilish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar