1

Afg`onistonda yo`l chetiga qo`yilgan minalar portlashi natijasida 19 kishi vafot etdi

Dunyo 10.08.2020, 22:14
Afg`onistonda yo`l chetiga qo`yilgan minalar portlashi natijasida 19 kishi vafot etdi

Kobul va Qandahorda yo`l chekkasiga qo`yib ketilgan minalarning portlashi natijasida 19 kishi vafot etgan.

Qandahor viloyatida bir kunning o`zida ikki joyda ro`y bergan portlashda 17 kishi halok bo`lgan bo`lsa, Kobuldagi portlashda ikki kishi o`lgan. Poytaxtdagi voqeada xavfsizlik xodimi yo`l chekkasiga qo`yib ketilgan minani zararlantirishga urinayotganda portlab ketgan. Natijada xodim va bir ayol nobud bo`lgan.

Voqea Afg`oniston Prezidenti Ashraf G`ani qolgan 400 nafar Tolibonni ham ozod etishini e`lon qilgan kunda ro`y bergan.

Prezidentning aytishicha, fevral oyida AQSh-Tolibon muzokaralari boshlangandan beri bu kabi voqealarda hukumatning 10 mingdan ziyod harbiy kuchlari halok bo`lgan yoki jarohatlangan.

Qolgan 400 Tolibonning ham ozod etilishi ko`pgina inson huquqlari faollarini tashvishga solmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu masala borasidagi bahs-munozaralar kuchayib ketgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1