1

O`zimda COVID-19ni gumon qilyapman, lekin alomatlar yo`q. Men test va tomografiya qildirishim kerakmi?

Salomatlik 10.08.2020, 23:18
O`zimda COVID-19ni gumon qilyapman, lekin alomatlar yo`q. Men test va tomografiya qildirishim kerakmi?

 AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda aholidan kelgan savollar bo`yicha javob qaytarildi:

Savol: Men o`zimda COVID-19 kasalligini gumon qilyapman, lekin menda alomatlar yo`q. Men PZR tahlili topshirishim va kompyuter tomografiyasi qilishim kerakmi?

–Agar kasallik alomtalari bo`lmasa koronavirusga tekshirish hech qanday natija bermaydi.

Siz bugun xalqumdan olingan surtmada manfiy javob olishingiz, ertaga esa kasallikni yuqtirib olish ehtimolingiz mavjud.

Biroq kasallik alomatlari bo`lganda ham ular aynan koronavirus infeksiyasi bilan bog`liqligiga ishonch hosil qilish uchun biror harakatlarni amalga oshirish kerak emas.  

Tahlil sog`ayish imkoniyatingizga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi, aksincha vaziyatni yana-da qiyinlashtirishi mumkin. Masalan, tahlil topshirguncha  infeksiya yuqtirishingiz mumkin.

O`pka kompyuter tomografiyasi — koronavirusni aniqlash uchun emas, virusli pnevmoniyani tashxislashda foydalaniladi.  

KT ni faqatgina bemor ahvoli og`ir bo`lganda, gipoksiyada va kasalxonaga yotqizish zarurligida qilish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1