AsosiySalomatlik

Koronavirusdan tuzalgan bemor qancha vaqt tibbiy nazoratda bo`lishi kerakligiga aniqlik kiritildi

'Koronavirusdan tuzalgan bemor qancha vaqt tibbiy nazoratda bo`lishi kerakligiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi

— Bemorlar koronavirusdan davolangach, kasallik organizmda qanchalik asorat qoldirganidan kelib chiqqan holda umumiy amaliyot shifokori nazoratida bo`lishi kerak. Shifokor o`pkaning zararlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda nafas gimnastikalarini tavsiya qiladi.

Bemorda surunkali kasalliklar mavjud bo`lsa, koronavirus bu kasalliklarning kechishiga qanday ta`sir ko`rsatganini o`rganish, doimiy ravishda dispanser nazoratida bo`lish, yilda 2 marta davolash choralarini olib borish, sanatoriya-kurort davolanishlarini olishi tavsiya etiladi.

Kasallikning og`ir va o`ta og`ir darajasini kechirgan, pnevmoniya kuzatilgan bemorlar 1 oydan 3 oygacha, zarurat bo`lganda 6 oygacha tiklanishlari, doimiy ravishda shifokor bilan bog`lanib, kerakli choralarni ko`rib borishi kerak.

    Boshqa yangiliklar