Toshkentda MChJ direktori 214 million so`mlik o`zganing mulkini sotib "eb yubordi"

Jinoyat 11.08.2020, 20:14
Toshkentda MChJ direktori 214 million so`mlik o`zganing mulkini sotib "eb yubordi"

Toshkent shahrida  I.K. ismli 48 yoshli MChJ direktori fuqarolar B.M. va Sh.A.larning ishonchiga kirib, qiymati 214.000.000 so`mlik xom-ashyo mahsulotini olib, sotib pulini berish o`rniga bu pullarni o`z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea 2019 yilning fevral oyidan may oyiga qadar bo`lgan vaqt mobaynida sodir bo`lgan.

Bundan tashqari, I.K. o`zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, MChJning direktori bo`la turib, ushbu jamiyatning moliyaviy va buxgalterlik hujjatlari hamda shtamp-muhrlarini g`arazli niyatda qasddan berkitgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirg`ali tumani bo`yicha IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko`p miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tegishli tartibda hujjatli taftish tayinlangan. Hozirda MChJ direktori ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1