1

Aholini kasbga o`rgatishda nodavlat sektorga imtiyozlar beriladi

Dunyo 11.08.2020, 22:32
Aholini kasbga o`rgatishda nodavlat sektorga imtiyozlar beriladi

Bugun «Kambag`al va ishsiz aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident qarori imzolandi.

Hujjat orqali aholini mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblarga, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o`qitishga, nodavlat sektori imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun davlat yordamini berish mexanizmi joriy qilinadi.

 Nodavlat kasb-hunarga o`qitish muassasalarini tashkil etish uchun “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o`qitish muassasalarining binolari, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko`ra boshqa bo`sh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi;

Nodavlat kasb-hunarga o`qitish muassasalariga o`quv dasturlari va o`qituvchilarni mustaqil tanlash huquqi beriladi;

“Ishga marhamat” monomarkazlari hamda kasb-hunarga o`qitish markazlari bitiruvchilarining kasbiy malakasini xalqaro WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek baholashdan muvaffaqiyatli o`tgan bitiruvchilarga mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda tan olinadigan Skills pasporti beriladi;

Skills pasporti o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi diplomi darajasiga tenglashtiriladi;

Ushbu loyihalar ijrosi uchun 2020 yil uchun ajratiladigan mablag`larga qo`shimcha ravishda 150 milliard so`m mablag` ajratiladi;

Har bir hududda kamida bittadan “Eng yaxshi kasbga tayyorlash dasturi” bo`yicha nodavlat kasb-hunarga o`qitish muassasalari o`rtasida ochiq tanlov o`tkaziladi. Tanlov g`oliblarining loyihalarini rag`batlantirish uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasidan qo`shimcha ravishda 50 milliard so`m mablag` ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1