Bir oy avval Jahon Sog`loqni saqlash tashkiloti (JSST) saqlash muddatini uzaytirish maqsadida kimyoviy moddalar bilan qayta ishlangan va ta`mi o`zgartirilgan go`sht mahsulotlari kanserogen (saraton chaqiruvchi) mahsulotlar qatoriga kiritishini ma`lum qilgandi. Ya`ni bunda gap konservalangan, dudlangan va tuzlangan go`sht mahsulotlari haqida ketyapti. Quyida muxbirimiz bu borada yurtimizda ishlab chiqarilayotgan go`sht mahsulotlari qay darajada xavfsiz ekanligini tahlil qiladi. Bundan tashqari mavzu yuzasidan tibbiy ekspertlarimiz fikri bilan ham tanishamiz.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari assosiyasiyasining ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda Respublikamizda bozorlarimizga go`sht mahsulotlari etkazib beruvchi 447 ta go`shtni qayta ishlovchi korxona faoliyat yuritmoqda. Go`sht v go`sht mahsulotlariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda.
2014 yilda kishi boshiga o`rta hisobda 37,10 kg go`sht mahsuloti to`g`ri kelgan bo`lsa, joriy yilda bu ko`rsatkich 39,24 kilogrammga ortdi. O`z-o`zidan savol tug`iladi: sosiska, kolbasa va shu kabi go`sht mahsulotlari zararlimi? Ularni iste`mol qilishni to`xtatish payti keldimi yoki ularni xom go`shtga almashtirish kerakmikin? Sifatsiz va iste`molga yaroqsiz mahsulotlarni qanday farqlash mumkin? Shu kabi savollarimizga mutaxasisdan javob olamiz:
- Tarkibida ma`lum turdagi zararli moddalarni saqlovchi har bir mahsulot salomatligimizga xavf soladi, to`g`rirog`i onkologik xastaliklar keltirib chiqarishi mumkin,- deydi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi oziq-ovqat mahsulotlari bo`yicha bosh mutaxasisi Anatoliy Xudayberganov. – XX asrdayoq tadqiqotlar o`tkazilib, dudlangan go`sht mahsulotlari konserogen tusdagi benzopiren moddasinining inson organizmida to`planishi aniqlangan. Xuddi shu kabi zararli xususiyatlar boshqa oziq-ovqa qo`shimchalri, xususan kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`llaniladigan nitritlarda ham mavjud. Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o`ziga xosliklari o`rganilgan holda, xususan aholining asosiy qismini bolalar tashkil etilishini inobatga olib, 2015 yilning avgustida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 -2020 yillarda O`zbekiton Respublikasi aholisini sog`lom ovqatlanishini ta`minlash konsepsiyasini va kompleks chora tadbirlar kompleksini tasdiqlash to`g`risida”gi Qarori qabul qilingan. Joriy yilning sentyabr oyida esa O`zbekiston bosh anitariya shifokori tomonidan oziq-ovqat qo`shimchalarini ishlab chiqarish, undan foydalanishni tartibga solish yuzasidan gigienik talablar tasdiqlangan. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi barcha moddalar, jumladan rang beruvchi vak onvervantlar hamda ularning metabolitlarini tekshirishning imkoni yo`q. Shuning uchun Respublika Sanitariya va Epidemiologiya markazining ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiruvchi barcha komponentlar va ularning aniq miqdori ko`rsatilgan soglasovaniya tasdiqlangan. Biz barcha ishlab chiqaruvchilarga o`z mahsulotlarida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan miqdorda qo`shilgan barcha qo`imchalarning to`liq ro`yxatini ko`rsatishni tavsiya etamiz.
- Bir kunda 50 gr qayta ishlangan go`sht mahsulotini iste`mol qilish saratonni keltirib chiqarish xavfini 18 % oshirishi haqiqatmi?
-Inson organizmida saratonni keltirib chiqarish ehtimolini oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi konserogen moddasi va ularni zararsizlantiruvchi(meva va sabzavotlar), oragnizmdan yot elementlarni chiqarishga xizmat qiluvchi mahsulotlar (kletchatkaga boy mahsulotlar) miqdorini bilmay turib aniqlash noto`g`ri.
“ O`zdavstandart» byicha eng yaxshi mahsulot”
Bu borada Toshkent shahri sertifikatlash va sinov markazi birinchi toifali mutaxasisi Nodira Qosinbekova fikri bilan qiziqdik.
- Bugungi kunda O`zbekistonda ko`p turdagi go`sht mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda: sosiska, kolbasa va dudlangan go`sht mahsulotlari. Shuning uchn ham biz ko`pincha do`konarimiz peshtaxtalarida aynan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko`ramiz. Ularni ishlab chiqarishda esa milliy va chet el texnologyalardan foydaaniladi. Ta`kidlash kerakki, go`sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar jahon standartlari doirasida faoliyat yuritmoqda. Ular jihoz va asbob-uskunalarini chet eldan olib keladi. Hozir ham avvalgidek mahsulotdagi go`sht va boshqa ingredientlarning kerakli miqdori ko`rsatilgan davlat standartlari bo`yicha ishlab chiqarilgan mahsulot eng xshi hisoblanadi. Bugungi kunda aksariyat korxonalar har bir mahsulot uun alohida normativ hujjat va standart ishlab chiqqan holda faoliyat yuritmoqda. Ammo bu ishlab chiqarish jarayonini hech kim nazorat qilmayapti,degani emas. Masalan, kolbasa ishlab chiarishda qo`llaniladigan barcha ingredientlar xavfsizlik va bezararlik nuqtai nazaridan tekshirilishi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi va ruxsat berilishi shart. Har bir tashkilot Sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi tasdig`idan o`tgan turli texnologik instruksiyalardan foydalanadi. O`zbekiston Respublkasi davlat standartlariga ko`ra, kolbasa mahsuloti ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan hayvon go`shti tegishli vetirinar-sanitar ekspertizadan o`tishi, ma`lum talablarga javob berishi kerak. Mahsulotga ishlatiladigan xomashyo ham tegishlilik sertifikatiga ega bo`lishi kerak.
GMO va MARKIROVKa haqida
- Go`sht mahsulotlari ishlab chiqarishda GMO(genetik modifikasiya qilingan organizmlar)dan foydalaniladimi?
- Genetik-modifikasiya qilingan organizmlar mamlakatimiz hududida qo`llanilmaydi. Sababi bizdagi mavjud texnologiyalar u yoki bu mahsulotni modifikasiya qilish imkonini bermaydi.
- Sifatsiz mahsulotni aniqlash uchun qanday xususiyatlarga e`tibor berish kerak?
- keyingi paytda iste`molchilar ancha e`tiborli bo`lib borayotgani quvonarli holat. Ular albatta mahsulot etiketkasi va markirovkasiga e`tibor berishadi. Ammo bunga e`tibor bermaydiganlarni ham yo`q deb bo`lmaydi. Birinchi navbatda kolbasa sotib olayotganda uning tashqi ko`rinishiga e`tibor berish zarur. Uning ustki qismi quruq bo`lishi, yopishqoq bo`lmasligi kerak. Yaroqlilik muddatini ko`zdan kechirish ham zarar qilmaydi. Kolbasa ustidagi himoya qatlami yirtilmaganligini ham tekshiring. Mahsulot ranggiga ham e`tibor bering. U och pushti va to`q qizil bo`lsa, bu norma. Kulrang yoki qora rangli mahsulotni xarid qilmang!
Mutaxasislar fikridan xulosa qiladigan bo`lsak, yurtimizda go`sht va go`sht mahsulotlari ishlab chiqarish qat`iy nazorat ostida. Biroq, shifokorlarning ta`kidlashlaricha go`sht mahsulotlarini iste`mol qilishda me`yorni unutmaslik kerak. Aytmoqchi bo`lganimiz: u yoki bu mahsulotni sotib olayotganda uning yaroqlilik muddatini tekshirishni unutmang!
Suriya MAGDEEVA