Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirmoqda

Dunyo 13.08.2020, 23:18
Rossiya vaksinasiga 20tadan ziyon davlat qiziqish bildirmoqda

Sputnik yozishicha, dunyoda birinchi bo`lib ro`yxatga olingan koronavirusga qarshi vaksinaga yigirmatadan ortiq davlat "amaliy qiziqish" bildirdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma`lum qildi.

Ta`kidlash kerakki, bir qator G`arb davlatlari bu yutuqni keskin tanqid qilishdi. Rossiya Federasiyasi Sog`liqni saqlash vazirligida "xorijiy hamkasblar, ehtimol, Rossiya preparatining ma`lum bir raqobat va afzalligini his qilishmoqda" deb aytishdi.

Vazirlikda, shuningdek, vaksina yaratilgan platforma mutlaqo xavfsiz ekanligini va boshqa preparatlarni ixtiro qilish va ishlab chiqarishda o`z samaradorligini isbotlaganligini ta`kidladi.

Shuningdek, vaksina ishlab chiqilgan Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazida G`arbning tanqidiga javob berildi.

Markaz rahbari Aleksandr Ginsburg ta`kidlaganidek, boshqa reaksiyani kutish - soddalik bo`lardi.

"O`ylab ko`ring, agar Rossiya vaksinasi tufayli ma`lum odamlar, firmalar milliardlab dollardan mahrum bo`lsa, qanday munosabatni ko`rmoqchisiz? Menimcha, reaksiya mutlaqo normal. Bu chumolilar uyasiga suqilgan tayoq kabi", - dedi olim "Rossiya 24" efirida.

Biroq, bir qator mamlakatlarda, aksincha, ular Rossiya vaksinasini ro`yxatdan o`tkazilishi bilan qutladilar. Ushbu yutuqni BSST ham mamnuniyat bilan qabul qildi.

Tashkilot pandemiyani engish yo`llarini topish uchun rossiyalik olimlar bilan birgalikda ishlashga qiziqish bildirdi.

Shu bilan birga, Zaxarova Moskva preparatni qo`llash bo`yicha BSST bilan yaqin aloqada ekanligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1