1

JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi yaratgan vaksinasiga baho berdi

Dunyo 14.08.2020, 09:13
JSST Rossiyaning koronavirusga qarshi yaratgan vaksinasiga baho berdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Rossiyaning COVID-19 ga qarshi ishlab chiqqan vaksinasini butun dunyoda ishlatsa bo`ladi, deyishga hali erta, degan fikrda.  

Bu haqda tashkilotning Yaqin Sharq ofisi dasturlarini boshqarish bo`yicha direktori Rana Xaje bildirgan. Shu bilan birga, uning ta`kidlashicha, JSST Rossiya Federasiyasining yuqori sifatli preparat yaratish uchun texnik imkoniyatlarga ega ekaniga shubha qilmaydi.

"Rossiya vaksinasi ikki bosqichdan o`tdi, oldinda uchinchi test turibdi. Preparat barcha eksperimentlardan o`tib bo`lgani yo`q, lekin vaksinani mahalliy sharoitda, hech bo`lmaganda, Rossiyaning o`zida qo`llasa bo`ladi, deb baholanmoqda. Biz Rossiya hukumati bilan aloqadamiz va bilamizki, Rossiya yuqori sifatli vaksina yaratish uchun ilmiy hamda texnik imkoniyatlarga ega. To`g`ri, JSST ayni payt mazkur vaksinani butun dunyoda ishlatish uchun to`g`ri keladigan me`yorlarga mos keladi, deyishga tayyor emas, biroq biz bu borada RF bilan har kuni aloqani ushlab turibmiz", - dedi Xaje.

Eslatib o`tamiz, sal avval Rossiya dunyoda birinchi bo`lib COVID-19 ga qarshi vaksina yaratganini e`lon qilgan. Yangi preparat "Sputnik V", deb nomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1