10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Prezidentimiz Islom Karimov 1992 yil 10 dekabrda “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonunni imzoladi. Shu kuni madhiyamiz qabul qilindi.
Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning fuqarolik burchidir. 2010 yil 24 dekabrda mazkur qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, fuqarolarimiz, shuningdek, mamlakatimizda bo`lib turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shart.
Madhiyamiz O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she`ri, O`zbekiston xalq artisti Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan.





