AsosiySalomatlik

JSST ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligini aniqladi

'JSST ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligini aniqladi'ning rasmi

Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.

Homilador ayollar bilan birgalikda chaqaloqlarda ham  juda minimal foizda koronavirusga chalinish kuzatilmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bo`lsa ham yangi tug`ilgan bolani ko`krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Chunki ko`krak sutida juda ko`p immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjud. Shu bois ona suti bola uchun «birinchi emlash», vazifasini bajaradi.

Tajribalar ko`rsatishicha, ona suti chaqaloqlarga vaksinasiyadek ta`sir qilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tug`ilgan chaqaloqlardan 12-24 soat ichida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kurashish qobiliyati shakllanganini ko`rsatmoqda

    Boshqa yangiliklar