O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira vafot etdi

Madaniyat 15.08.2020, 20:00
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira vafot etdi

Qashqadaryolik shoira, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Nazira O`roqova vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Nazira O`roqova 1969 yilning 3 iyunida Qarshi shahrida tug`ilgan. 1991 yilda Qarshi davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Uning «Muattar dunyo» (2002), «Olisdagi xayol» (2014) she`riy kitoblari nashr etilgan.

Uzoq yillar Qarshi shahridagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori bo`lib ishlagan.

Qoraqalpog`iston xalq shoiri Rustam Musurmon xotirlashicha, Nazira O`roqova O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning Uyushmaga raislik davrida Respublika yosh ijodkorlarining “Zomin” seminar-kengashida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a`zolikka qabul qilingan. Uning ajoyib she`riy to`plamlari, “O`zbekiston adabiyoti va san`ati”, “Ma`rifat” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida chop etilgan ijod namunalari kitobxonlarning ma`naviy mulkiga aylangan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1