AsosiyDunyo

Rossiyada “O`rgimchak odam” qo`lga olindi

Spassk-Dalniy shahrida yashovchi “O`rgimchak odam” laqabli  shaxs qo`lga olindi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

U xonadonlarni balkon va derazalardan tushib, tunash bilan nom chiqargan edi.“O`rgimchak odam” 17 yilu 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.  

Tergovlar natijasida ma`lum bo`lishicha, “O`rgimchak odam”  qo`p qavatli uylardagi egasiz xonadonlarga 2012 yilning aprelidan 2014 yilning yanvariga qadar tungi paytda o`g`rilikka tushgan va qimmatbaho buyumlarni o`margan. Jinoyatchi xonadon egalari uyda bo`lgan vaqtda ularni pichoq bilan qo`rqitgan.

“O`g`ri asosan, ko`p qavatli uylarning uchinchi va to`rtinchi qavatlarida joylashgan xonadonlarga o`g`rilikka tushgan. O`g`ri xonadonlarga  deraza yonidagi kondisionerlar va devordagi bo`rtiq joylarga tirmashib chiqqan”, —deyiladi xabarda.

“O`rgimchak odam” o`z faoliyati mobaynida 20 dan ortiq o`g`irlik sodir etgani ma`lum bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar