Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg Parijdagi portlashlardan keyin tazyiq ostida qolayotgan musulmonlarni qo`llab-quvatlashini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Bu haqda Sukerberg o`zining Facebook`dagi sahifasida ma`lum qilgan.
“Facebook rahbari sifatida ijtimoiy tarmoqda ro`yxatdan o`tgan barcha musulmonlarga shuni ma`lum qilamanki, biz sizning haq-huquqlaringiz uchun kurashishda va bu erda sizga qulay va osoyishta sharoit yaratishga harakat qilamiz”, — dedi 31 yoshli ijtimoiy tarmoq asoschisi.
Sukerberg shuningdek, o`zi yahudiy millatiga mansub bo`lsa-da, ota-onasi unga ommaviy hujumlarga qarshi kurashish zarurligini o`rgatganligini ham ta`kidladi.
“Biz umidni yo`qotmasligimiz kerak. Toki birgalikda barchamiz uchun yaxshi, tinch va osoyishta hayotni barpo etish uchun kurashar ekanmiz,bunga albatta erishamiz”,—dedi u.
Mazkur postga 470 ming nafar foydalanuvchi “layk” bosgan.