Xonanda Lola o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Sevgimsan” qo`shig`iga klip suratga olinayotgani haqida xabar qilib, ushbu videoklipdan suratlarni havola etib kelayotgan edi.
Videoklip tayyor bo`ldi va bugundan uni quyidagi havolada tomosha qilish mumkin.
“uz24.uz”ning xabar berishicha, mazkur videoklipda bosh rolni Lola hamda aktyor Andrey Kabanov ijro etgan. Klip uch kun davomida “O`zbekfilm” povilonida tasvirga olingan. Klip rejissyori va operatori Yodgor Nosirov. Grafika rejissyori Davlat Arabshoev. Stilistlar Renata Iskandarova hamda Madina. Liboslar bo`yicha rassom Hilola Sher. Dizayner Zulfiya Sulton. Dekorator Husan Po`latov.
«Sevgimsan» qo`shig`ining matn va musiqa muallifi Ilhom Yo`lchiev, ya`ni Dj Piligrim. Aranjirovkasi esa Jasur Badalboev tomonidan amalga oshirilgan.