Londonda Qozog`istonning birinchi Prezidenti Elboshi Nursulton Nazarboevning nabirasi Aisultan Nazarboev vafot etdi, deb xabar bermoqda zakon.kz.
Aisultan Nazarboev 1990 yil 26 avgustda Qozog`iston Prezidentining katta qizi Dariga Nazarboeva va Rahat Alievning oilasida tug`ilgan.
Ostonadagi "Xalqaro uzluksiz ta`lim kolleji" da, shuningdek, Avstriyadagi "Amerika Xalqaro Maktabi" internat maktabida tahsil olgan. 2010 yilda Britaniya Qirollik Harbiy Akademiyasini tamomlagan. 2012 yilda u Qozog`iston Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasida ishlay boshladi va u erda bir yil xizmat qildi.
U otasining Avstriyada elchi bo`lib xizmat qilishi paytida Admira Vasker klubida futbol o`ynagan. 2006 yilda u «Raxat» uchun Qozog`iston birinchi ligasida ikkita o`yin o`tkazgan, 2007 yilda «Olma-Ota» FK «Jeleznodorojnik» tarkibida bo`lgan. U 2006 yil futbol bo`yicha o`smirlar o`rtasidagi Evropa chempionatining saralash turnirida ishtirok etgan. Bir muddat u Angliyaning «Portsmut» klubida o`ynashga harakat qilgan.
O`lim sababi tekshirilmoqda, deyilgan xabarda.






