AsosiyDunyo

COVID-19 koronavirus infeksiyasining qanday paydo bo`lgani haqida yangi taxmin aytildi

'COVID-19 koronavirus infeksiyasining qanday paydo bo`lgani haqida yangi taxmin aytildi'ning rasmi

Yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi 2012 yilda inson organizmiga adaptasiya bo`lgan bo`lishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilson farazlariga tayanib xabar qildi, deya yozmoqda Daryo.

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida ikki hafta davomida tog` konini ko`rshapalaklardan tozalash natijasida kasallangan ishchilarni davolagan shifokorning qaydlarini topgan. Bemorlarda COVID-19’ga xos belgilar kuzatilgan: pnevmoniya, quruq yo`tal, bo`g`imlardagi og`riqlar va kuchli isitma. Kasallanganlar o`pkaga sun`iy havo berish apparatlariga ulangan va olti nafar ishchidan uch kishi vafot etgan.

Konchilarning namunalari Uxandagi laboratoriyaga yuborilgan va u erda bemorlarning atipik pnevmoniyaga o`xshash kasallikka chalingani xususida tashxis qo`yilgan. Tadqiqotchilarning qayd etishicha COVID-19 inson organizmiga moslashgan.

Oxirgi oylarda yang turdagi koronavirusning paydo bo`lishi haqida turlicha taxminlar ilgari surildi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti infeksiyaning etarli darajada o`rganilmagani va bu borada xulosa qilishga erta ekanini ma`lum qilgan. Ekspertlarning tadqiqotlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar