Koronavirus bilan kasallanib tuzalgan odamlar bilan muloqotda bo`lish xavflimi? Kasallik engil kechuvi bo`lsa ham, nega ba`zi odamlarda uzoq muddat cho`zilmoqda?
Ushbu savollarga AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:
-- Koronavirus bilan kasallangan shaxslarda virusga qarshi antitanachalar ishlab chiqiladi, unda Immunnoglobulin Gni yuqori ko`rsatkichlari aniqlanadi, bunday davrda bu insonlar boshqalarga xavfsiz bo`ladilar va koronavirusni yuqtirmaydilar.
Ba`zi insonlar kasallikni engil va simptomlarsiz kechishida o`zlarini yaxshi his qilishlari bilan, aloxidalanish tartibiga rioya qilmayaptilar va ko`chaga chiqib boshqalar bilan muloqot qilmoqdalar.
Bunday holatlarda organizm xali to`liq antitanachalarni ishlab chiqib ulgurmagani bois, kasallangan bemorlar bilan muloqot natijasida qo`shimcha ravishda virus organizmga kirishi kasallikni uzayishi, ya`ni cho`zilishini keltirib chiqarmoqda.






