AQSh rahbari Donald Trampning ukasi Robert Tramp vafot etdi. 72 yoshli Robert Tramp Nyu-Yorkdagi shifoxonaga og`ir ahvolda yotgan edi. Bu haqda Amerika ovozi xabar berdi.
«Yurakda og`riq bilan ukam Robert bugun kechasi vafot etganini ma`lum qilmoqchiman. U nafaqat ukam, balki eng yaqin do`stim edi. Biz uni sog`inib qolamiz, lekin hali yana uchrashamiz. U haqidagi xotira yuragimda abadiy qoladi. Robert, seni yaxshi ko`raman. Oxirating obod bo`lsin», - deya bayon qildi Prezident Tramp.
Robert Tramp akasining ko`chmas mulk biznesida ishlagan. 2016 yilda «The New York Post» nashriga bergan intervyusida Trampning prezidentlikka saylanishini “ming foiz“ qo`llab-quvvatlashini aytgan.
Prezident Tramp ukasini «menga nisbatan og`ir-bosiqroq va yumshoqroq» deb ta`riflagan. 74 yoshli prezident bolalikda ukasini ko`p urushganini eslaydi.
«Mendaka akasining bo`lishi oson bo`lmagan unga, lekin Robert hamma bilan chiqishib ketadigan inson va bu men uchun ham yaxshi, chunki ba`zida qo`pollik qilib yuboraman», - deb yozgan Tramp 1987 yilda chiqqan «Kelishuv san`ati» kitobida.
Tramplar oilada besh farzand bo`lgan. Yaqinda prezidentning akasi Fredning qizi Meri Tramp prezident amakisi haqida tanqidiy kitob chop etdi. Meri Tramp unda yozadiki, otasi Fred ko`p yillar avval o`lim to`shagida yotganida amakisi Donald uni biron marta yo`qlamagan. Fred Tramp alkogolizm bois 1981 yilda 43 yoshida vafot etgan.
Prezident Trampning Marian Tramp Berri va Elizabet Tramp Grau ismli katta opalari bor.






