JSSTning G`arbiy Tinch okeani hududi bo`yicha rahbari Takeshi Kasayning aytishicha, hozirda dunyoda koronavirusni tarqatishda eng faol bo`lgan qatlam 20, 30 va 40 yoshdagi odamlar hisoblanadi. Chunki, bu yosh toifasidagi odamlarning ko`pida kasallik alomatlarsiz kechadi va ular o`zlarining koronavirusga chalinganliklarini bilmaydilar.Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
“Bu holat virus oldida yana ham ojizroq bo`lgan odamlar, ya`ni keksalar va kasallarga jiddiy xavf tug`diradi. 20 dan 40 yoshgacha bo`lganlarning koronavirusni o`zlari bilmagan holda tarqatishlari aholi zich joylashgan hududlardagi odamlarni ham xavf ostiga qo`yadi” deydi Takeshi Kasay.






