Bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ta`kidlashicha, hozirgi kunda COVID-19 onadan homilaga o`tmaydi, degan ma`lumotlar mavjud.
Bunday xulosalarga turli mamlakatlar olimlarining ma`lumotlariga asoslangan holda kelingan.
Koronavirus infeksiyasi birorta amniotik suyuqlikda, birorta kindik qonida va ko`krak sutida aniqlanmagan.
Tug`ilgan chaqaloqlarning qoni analizida ham COVID-19 manfiy bo`lgan.






