O`zbekiston telekanali "Oydin hayot LIVE" dasturida Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dosenti Abdumo`min Xushboqov ushbu savolga javob berdi.
Koronavirus organizmga burun va og`iz orqali kiradi. Biz burun orqali nafas olamiz va virus asosan shu a`zodan organizmga o`tadi.
Burun shunday xususiyatga egaki, u himoya vazifasini bajaradi. Burun bo`shlig`iga tushgan havo aylanma harakatlanib, burun ichidagi egri yo`llardan o`tgandan keyingina isib, namlanib, tozalangan holda halqum yordamida nafas yo`liga o`tib ketadi.
Koronavirus burun bo`shlig`iga kirgandan keyin shilliq qavatda 7.35 - 7.45 ishqoriy muhit bor. Bu degani burun bo`shlig`idagi shilliq qavatlar namlik ichida ishqoriy muhitni saqlaydi.
Virus ishqoriy muhitga kelib taqalganidan keyin u erda to`sqinlikka uchrab nobud bo`ladi. Koronavirus infeksiyasi juda tez ko`payadi. Burun bo`shlig`i shilliq qavati infeksiyaning hammasini birdaniga zararsizlantirish qobiliyatiga ega emas.
Organizmning tashqi muhitga ta`sir ko`rsatish qobiliyati har doim ham bir xil bo`lavermaydi. Immunitet past bo`lganda infeksiya yanada tezlik bilan ko`payadi. Virus burun va tomoqda 2 kungacha saqlanadi. Undan keyin ma`lum bir miqdorga etadi va o`pka tomon harakatlanadi.






