AsosiyDunyo

Pentagon ID etakchilaridan 3 nafarini yo`q qildi

Iroq shimoliy-g`arbiga berilgan aviazarbalar natijasida “Islom davlati” terrorchilik guruhining uch nafar etakchilari yo`q qilindi, deb xabar beradi “Lenta.ru” AQSh koalisiyasi shtabi vakili Stiven Uorrenning so`zlariga tayangan holda.

Xususan, noyabr oyi so`nggida terrorchilik tashkiloti “moliya vaziri” Abu Salaf halok bo`lgan edi.

Shu bilan birga Abu Miriam va Abu Razman al-Tunisi ham yo`q qilingan edi. Ulardan birinchisi terrorchilik tashkilotining “tovlamachilik guruhi”ga boshchilik qilar, ikkinchisi jangarilar o`rtasida o`zaro axborot almashinuvini yo`lga qo`yish hamda qurol bilan ta`minlash bilan shug`ullanar edi.

Uorren ularni tiriklay qo`lga olish imkoni bo`lmaganini ta`kidladi. Uch etakchi ham Tall-Afar shahri chegarasida yo`q qilingan.

AQSh boshchiligidagi 65 ta mamlakatdan tarkib topgan koalisiya Iroq hududini bombardimon qilish bilan shug`ullanadi va kurd kuchlarini qo`llab-quvvatlaydi.  

O`tgan yilning sentyabr oyidan boshlab, Suriyadagi terrorchilarga nisbatan aviazarbalar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar